UzAuto endi ayrim mashinalarni foizsiz muddatli toʻlov bilan sotadi

Saqlash
18:06 / 14.06.2024 517 0

UzAuto Motors ayrim mashinalari uchun foizsiz muddatli toʻlov joriy etmoqda.

 

Maʼlum boʻlishicha, kompaniya Chevrolet Onix va Tracker modellarini sotishda mazkur usulni qoʻllaydi va bu “Qurbon Hayiti munosabati bilan” boʻladi.

 

Muddatli toʻlov uchun arizalar bugun, 14-iyundan boshlanadi.

 

Bunda Chevrolet Onix uchun talabgor oldindan 50 foiz toʻlov qiladi va qolgan qismini 2 yil davomida foizsiz toʻlab boradi. Bunda summa xaridor uchun oyiga 3,7 mln soʻmdan tushadi.

 

Shuningdek, ikkinchi mahsulot boʻlgan Tracker uchun 2 ta muddatli toʻlov taʼriflari amal qiladi. Birinchisi 18 oylik boʻlib, unda 60 foizlik boshlangʻich toʻlov qilinadi va qolgan qismi 18 oy davomida 4,9 mln soʻmdan toʻlab boriladi.

 

Ikkinchi taʼrif esa 2 yillik boʻlib, unda oldindan 70 foiz toʻlov boʻladi va qolgan qismi 24 oy davomida 2,7 mln soʻmdan qoplab boriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//