“Hayvontepa”, “Qorabogʻtepa-1” yodgorliklarini buzib, oʻrniga uy va issiqxona qurmoqchi boʻlishdi

Saqlash
17:05 / 23.05.2024 1618 0

Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlash maqsadida oʻtkazgan nazorat tadbirlarida bir qator qonun buzilishlari aniqlandi.

 

Jumladan, Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi V – VII asrlarga oid “Qorabogʻtepa-1” arxeologik yodgorligining 585 m3 maydoni fuqaro S.S. va M.S.lar tomonidan uy-joy qurish maqsadida tekislab yuborilib, yodgorlikka 19,3 mlrd. soʻmlik zarar yetkazilgan.

 

Shuningdek, Sariosiyo tumanidagi mil.avv. III–I asrlarga oid “Hayvontepa” arxeologiya yodgorligining 3500 m3 maydoni “M.I.S” xususiy korxonasi tomonidan issiqxona qurish maqsadida buzilib, yodgorlikka 208,1 mlrd. soʻmlik zarar keltirilgan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan hozirda jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

 

“Eslatimiz oʻtamiz!!! Mazkur jinoiy qilmishlar qonunchilikka asosan ogʻir jinoyat hisoblanib, aybdor shaxslarga nisbatan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllaniladi”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//