“Mahalla yettiligi” ish faoliyatiga qarab ragʻbatlantiriladi

Saqlash
16:05 / 23.05.2024 1595 0

Vazirlar Mahkamasining “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish hamda hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI – foydali ish koeffitsiyent) boʻyicha baholashda mahalla raisining ishtirokini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 2023-yil 21-dekabrdagi farmonida “mahalla yettiligi”ning faoliyati eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha baholanishi belgilangan. Bunda mahalla raislari hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori faoliyatini baholashda ularga 20 foiz ball berishga haqli.

 

“Mahalla yettiligi” aʼzolarining ish haqini asosiy ish joyidan berish tartibi saqlab qolingan holda KPI asosida baholash natijalaridan kelib chiqib, ular moddiy ragʻbatlantirilib boriladi.

 

Bir oy muddatda “Mahalla yettiligi” aʼzolari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha baholash metodikasi qayta ishlab chiqiladi.

 

Bunda:

– xotin-qizlar faoli faoliyatini baholashda ichki ishlar organlari tomonidan tazyiq va/yoki zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga berilgan himoya orderlari soni inobatga olinmaydi;

– hokim yordamchilari faoliyatini baholashda “yangi tashkil qilingan subyektlar” koʻrsatkichiga asosan ularning olis hududlarda faoliyat yuritayotganlariga qoʻshimcha koeffitsiyent berish imkoniyati hisobga olinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//