Tojikistonda urush qatnashchilariga qancha pul mukofoti berilishi aytildi

Saqlash
11:05 / 07.05.2024 935 0

Dushanbe shahri raisi qaroriga koʻra, 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 10 ming somoniydan ajratiladi.

 

Mazkur summa ayni vaqtda bizning pulga 11 mln 607 ming 651 soʻm boʻladi.

 

Maʼlumot uchun, Dushanbe shahrida hozirda atigi 3 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi qolgan.

 

Soʻgʻd viloyatida esa urush qatnashchilarining har biriga qariyb 7 ming somoniy (8 mln 125 ming 355 soʻm) beriladi. Bundan tashqari, viloyatda yashovchi front orti mehnatkashlariga ham 4 ming somoniydan (4 mln 643 ming 60 soʻm) tarqatiladi.

 

Xabarga koʻra, 2005–2024-yillar oraligʻida 9875 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari olamdan oʻtgan. 30 aprel holati bilan olganda endilikda Tojikistonda 24 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi qolgan.

 

Oldinroq Oʻzbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga qanchadan pul berilishi haqida xabar berilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish