Navroʻz kuni kuchli yomgʻir yogʻishi aytildi

Saqlash
14:03 / 18.03.2024 1381 0

Joriy yilning 20–22-mart kunlari Oʻzbekiston hududi boʻylab yomgʻir yogʻadi. 20–21-mart kunlari baʼzi joylarda kuchli boʻlishi hamda momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Bu haqida Oʻzgidromet direktori Sh.Xabibullayev oʻzining Meta(Facebook) sahifasida maʼlum qildi.

 

Xabarga koʻra, 20–21-mart kunlari shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi. Ayrim joylarda hatto 25-28 m/s gacha yetishi mumkin.

 

Kutilayotgan kuchli yomgʻirlar yogʻishi sabab 20–22-mart kunlari togʻ oldi va togʻli hududlarda sel-suv, toshqin hodisalari yuzaga kelishi aytiladi.

 

Shuningdek, rasmiy respublika hududida yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli borligi, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish