Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev nomiga qutlovlar kelmoqda

Saqlash
06:03 / 12.03.2024 1079 1

Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar yetakchilari, hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat va din arboblaridan qutlovlar kelmoqda, deb yoziladi xabarda.

 

Xorijiy hamkorlar qutlovlar orqali mamlakatimizning koʻp millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga tayyorligini bildirgan.

 

Jumladan, quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy;

Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;

Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq Al Said;

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;

Bahrayn Podshohi Shayx Hamad ibn Iso Al Xalifa;

Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;

Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;

Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husrav Noziriy;

“Al-Azhar” majmuasi rahbari Shayx Ahmad At-Toyyib.

 

Qutlovlar kelishda davom etmoqda, deyiladi xabarda.

1 Izoh

UKTAM

09:03 / 12.03.2024

Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni chin qalbimdan tabriklayman

Izoh qoldirish