Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga qilgan amaliy tashrifi yakunlandi

Saqlash
09:02 / 22.02.2024 764 0

Davlatimiz rahbari bugun tongda Toshkentga joʻnab ketgan.

 

 

 

 

 

Tashrif davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv oʻtkazdi hamda “Kelajak oʻyinlari” xalqaro multisport musobaqasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

 

 

 

“Abdulla Toʻqay nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Tatariston Raisi Rustam Minnixanov kuzatib qoʻydi. Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi”, – deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish