Bir shaxs ikki martadan ortiq Senat raisi bo‘lmaydi

Saqlash
09:02 / 20.02.2024 725 0

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-909-son, 19.02.2024 y) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqida Adliya vaziriligi xabar berdi.

 

“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra: 

 

Senat aʼzolari (senatorlar) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qoʻshma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda toʻrt kishidan saylanadi.

 

Senatning toʻqqiz nafar aʼzosi fan, sanʼat, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan hamda alohida xizmat koʻrsatgan eng obroʻli fuqarolar orasidan Prezident tomonidan tayinlanadi.

 

Shuningdek, Senat va uning organlari majlislarida Markaziy bank boshqaruvi raisi ishtirok etishi mumkin.

 

Bundan tashqari, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Senat Raisi boʻlishi mumkin emasligi belgilandi.

 

Senat Konstitutsiyaga muvofiq qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli.

 

Qonunchilik takliflarini tayyorlash, koʻrib chiqish va ularni Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi Senatining Reglamentida belgilanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish