O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasini qabul qildi

Saqlash
08:02 / 20.02.2024 686 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-fevral kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiya hamraisi Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

Uchrashuvda ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra 6,6 foizga oshgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

O‘zaro savdoning o‘sish sur’atlarini davom ettirish, kooperatsiya loyihalarini, shu jumladan, joriy yilning aprel oyida Toshkent shahrida uchinchi bor o‘tkaziladigan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi negizida yanada ilgari surish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish