Qozogʻistonda pedofillarning mamlakatga kirishini taqiqlash taklif qilindi

Saqlash
15:02 / 14.02.2024 1452 0

Majlis deputatlari bir nechta toifadagi xorijliklarning Qozogʻistonga kirishini taqiqlashni taklif etuvchi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda maʼqullagan.

 

Xabarga koʻra, bu norma “Qozogʻiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholi migratsiyasi va jazoni ijro etish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasiga kiritilgan.

 

Qonunda bir qator qoidalar nazarda tutilgan. Jumladan:

▫️ migratsiya sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilash;

▫️ voyaga etmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganlikda ayblangan xorijliklarning mamlakatga kirishini va mamlakat fuqaroligini olishini cheklash;

▫️ ekstremistik yoki terroristik faoliyat bilan shugʻullangan chet el fuqarolarining mamlakatga kirishini taqiqlash;

▫️ favqulodda vaziyatlarda muddati oʻtgan hujjatlardan foydalanish masalasini hal qilish.

 

Bundan tashqari, qonun loyihasiga jinoiy-axloq tuzatish tizimi muassasalaridagi videokuzatuv tizimlarini qasddan yoʻq qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilovchi norma ham kiritilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish