“Koʻksaroy” qarorgohida Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoni rasmiy kutib olishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi

Saqlash
12:02 / 08.02.2024 202 0

Oʻzbekiston va Belarus bayroqlari bilan bezatilgan maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus yetakchisini samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. Ikki mamlakat madhiyalari yangradi.

 

Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

 

Birgalikda suratga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish