Himoya orderi olgan qiz yana tazyiqqa uchradi

Saqlash
19:01 / 30.01.2024 1164 0

Mazkur holatlar 15-yanvarda ham bo‘lgan va o‘shanda uning xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan edi.

 

Biroq 29-yanvar kuni yana o‘sha M.M. ismli 2006-yilda tug‘ilgan qiz Bolalar ombudsmaniga takroran murojaat qilgan. U O.B (yigit) unga tazyiq va ruhiy bosim qilishda davom etayotganini bayon etgan.

 

Shundan so‘ng 29-yanvar kunining o‘zidayoq O.B. bunday harakatlari uchun maʼmuriy tartibda ushlanib, 30-yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahar sudi tomonidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 206(1)-moddasi (tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaslik) bilan 10 sutkaga maʼmuriy qamoqqa olingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish