Aliment toʻlamagani va oʻgʻrilik qilganligi uchun qidirilayotgan shaxs Toshkentdagi masjidda qoʻlga olindi

Saqlash
12:01 / 26.01.2024 1688 0

17-yanvar kuni Milliy gvardiya xodimlari poytaxtning Chilonzor tumanida joylashgan masjidga tashrif buyuruvchilar orasida tashqi koʻrinishi jinoyat sodir etganligi uchun qidiruvda boʻlgan shaxsga oʻxshash fuqaroni payqab qolgan.

 

Ushbu shaxsning hujjatlarini tekshirish natijasida uning taxmin qilinganidek Surxondaryo viloyatida tugʻilgan 39 yoshli K. I. ekanligi maʼlum boʻldi.

 

Mazkur fuqaro ichki ishlar organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 122 (“Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash”) va 169 (“Oʻgʻrilik”) moddalari asosida qidiruvga ekani eʼlon qilingan.

 

Qoʻlga olingan shaxs ichki ishlar organlariga topshirildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish