O‘zbekistonning yangi tayinlangan Hindistondagi elchisi o‘z vazifasiga kirishdi

Saqlash
12:01 / 26.01.2024 1604 0

O‘zbekistonning Favqulodda va muxtor elchisi Sardor Rustamboyev Hindiston poytaxti Dehli shahriga bordi, deb xabar bermoqda "Dunyo" Axborot agentligi.

 

Ma’lumot uchun, mazkur lavozimga yangi tayinlangan diplomat 45 yoshda. U Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, London universitetining (Buyuk Britaniya) Sharq va Afrika tadqiqotlari maktabi, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitirgan. Siyosiy fanlar nomzodi ilmiy darajasiga ham ega.

 

Sardor Rustamboyev Tashqi ishlar vazirligi tizimida 2000-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. U markaziy apparatda attashedan tortib bo‘lim boshlig‘igacha bo‘lgan turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Shuningdek, O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi va Shanxay hamkorlik tashkiloti (Pekin sh., Xitoy) kotibiyatida ham ishlagan. 2018-2023-yillarda esa mamlakatimizning Fransiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan.

 

Sardor Rustamboyev 2020–2023-yillarda Dehlidagi Elchixonaga rahbarlik qilgan va 2023-yil sentyabr oyida O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi etib tayinlangan Dilshod Ahatov o‘rniga tayinlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish