O‘zbekistonda 1-apreldan chiqindi xizmatlari narxiga QQS hisoblanadi

Saqlash
10:01 / 26.01.2024 1671 0

O‘zbekistonda 1-apreldan boshlab chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinishi bekor qilinadi. Bu haqda Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, bu soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur tartib joriy etilishiga masʼul bo‘lgan Soliq organining tushuntirishiga ko‘ra, endi xizmat ko‘rsatuvchi korxona tomonidan ko‘rsatiladigan sanitar tozalash xizmatlari qiymatiga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanadi. Mazkur o‘zgartirish aholi va tadbirkorlar uchun ham amal qiladi.

 

Yaʼni masalan, amaldagi xizmat qiymati 4000 so‘mni tashkil etsa, ushbu qiymatga nisbatan 1-apreldan boshlab 12 foiz miqdorda QQS hisoblanganda, jami xizmat qiymati 4480 so‘mni tashkil etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish