Pekinda O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Saqlash
17:01 / 24.01.2024 1031 0

24-yanvar kuni Pekin shahrining Tyananmen maydonidagi Xalq yig‘inlari uyida davlat tashrifi bilan Xitoyda bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi.

 

 

 

Davlat rahbari sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

 

 

Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Szinpin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni kutib oldi.

 

 

Yetakchilar ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolarini qutladi.

 

 

Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Xitoy madhiyalari yangradi va davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi. Marosimdan so‘ng oliy darajadagi muzokaralari boshlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish