O‘zbekistonda Xitoyning Eksimbanki mintaqaviy ofisi ochilishi mumkin

Saqlash
15:01 / 24.01.2024 1055 0

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahridagi tadbirlar doirasida Xitoy Eksport-import banki raisi Vu Fulinni qabul qildi.

 

XXR Eksimbankiga 1994-yilda asos solingan. Aktivlari qiymati 800 milliard dollardan ortiq bo‘lgan bank tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Xitoyning yetakchi moliyaviy institutidir.

 

Uchrashuvda mamlakatdagi qo‘shma loyihalar portfeli 3,5 milliard dollarga yetgani qayd etildi. Bankning Toshkent shahrida mintaqaviy ofis ochish hamda transport va ijtimoiy infratuzilma, sanoat va xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha yangi istiqbolli loyihalarni shakllantirish borasidagi rejalari ko‘rib chiqildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish