O‘zbekiston bojxonachilari yil davomida 9,2 tonna giyohvandlik vositalarini to‘xtatib qoldi

Saqlash
15:12 / 26.12.2023 1018 0

2023-yilda davlat budjetiga 58,4 trillion so‘m bojxona to‘lovlari undirilib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 27 foizga oshdi. Bu haqda qo‘mitaning yil yakunlariga bag‘ishlangan hay’at majlisida ma’lum qilindi.

 

Qayd etilishicha, 2023-yilda 9,2 tonnaga yaqin giyohvandlik vositalari, 663 ming dona psixotrop va kuchli taʼsir etuvchi moddalar, 21 mingta taqiqlangan materiallar, 21 ta qurol va 8626 ta o‘q-dorilar, 28 mlrd. so‘m ekvivalentidagi valyuta qimmatliklari, 162 kg zargarlik buyumlari, 5,6 million quti tamaki mahsulotlari hamda 4,8 million dona pirotexnika vositalari ushlab qolingan.

 

Umumiy hisobda aniqlangan 21 mingdan ortiq bojxona qonunbuzilishi holatlarida qariyib 1 trillion so‘mlik tovarlarning noqonuniy aylanuviga chek qo‘yilgan.

 

Ta’kidlash kerakki, 2022-yilda bojxona organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 749 kilogramm giyohvandlik vositalari, 308 ming dona kuchli taʼsir etuvchi va 5 ming dona psixotrop moddalar ushlab qolingan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish