Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni kuchaytirish boʻyicha ishlarni jadallashtirish uchun 2024-yildan boshlab har yili 100 milliard soʻmdan mablagʻ ajratiladi

Saqlash
17:12 / 22.12.2023 1455 0

Dunyo miqyosidagi iqtisodiy inqiroz va pandemiya taʼsiriga qaramasdan, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni kuchaytirish boʻyicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining yigʻilishida bu haqda Shavkat Mirziyoyev aytib oʻtdi.

 

Bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish uchun 2024-yildan boshlab har yili 100 milliard soʻmdan mablagʻ ajratiladi.

 

Madaniyat, adabiyot va sanʼat, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish boʻyicha ham katta ishlar amalga oshirildi.

 

Maqom, Baxshichilik va Askiya sanʼati markazlari tashkil etildi. Shuningdek, “Bahor” raqs ansambli, Davlat filarmoniyasi, Davlat simfonik orkestri kabi 20 dan ortiq muassasalar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

 

Oʻtgan davrda 11 ta yangi muzey, 2 ta teatr, 28 ta bolalar musiqa va sanʼat maktabi, 5 ta oliygoh, jumladan, yangi avlod jurnalistlarini tayyorlashda Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etildi.

 

Shuningdek, prezident mutasaddilarga musiqa va sanʼat maktablari muallimlarining oyligini oshirish, ushbu maktablarning kommunal xarajatlarini budjetdan qoplash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish topshirildi.

 

Umuman olganda, madaniyat va sanʼat, kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlarning oyliklari 2024-yil 1-apreldan 20 foizga, 2025-yil 1-yanvardan yana 15 foizgacha boʻlgan miqdorda oshiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish