Milliy sertifikatga ega boʻlgan “Oʻzbek tili va adabiyoti” fani oʻqituvchilariga kelgusi oʻquv yilidan boshlab 50 foiz ustama toʻlanadi

Saqlash
15:12 / 22.12.2023 2303 3

Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

 

Prezident “Oʻzbek tili va adabiyoti” fani oʻqituvchilariga ham xalqaro sertifikatga ega boʻlgan boshqa fan oʻqituvchilaridan kam boʻlmagan miqdorda qoʻshimcha haq toʻlanishi adolatdan boʻlishini taʼkidladi.

 

Shu maqsadda milliy sertifikatga ega boʻlgan “Oʻzbek tili va adabiyoti” fani oʻqituvchilariga kelgusi oʻquv yilidan boshlab 50 foiz ustama toʻlanadi.

 

Oʻzbek tili boʻyicha xalqaro fan olimpiadasi oʻtkazilishi, gʻolib va sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlanishi hamda oliygohlarga oʻzbek tili filologiyasi yoʻnalishi boʻyicha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinishi belgilandi.

3 Izohlar

Qirmizxol Ochildiyeva

08:12 / 24.12.2023

Assalomu alaykum. Milliy sertifikatga ega boʻlgan “Oʻzbek tili va adabiyoti” fani oʻqituvchilariga kelgusi oʻquv yilidan boshlab 50 foiz ustama toʻlanadi.Bu juda yaxshi, lekin boshlang`ich ta`lim o`qituvchilariga ham 50 foiz ustama to`lanishi kerak deb o`ylayman.Ularning ham bunga haqlari bor.

To'lqinbek

22:12 / 22.12.2023

Juda oqilona qaror bo'libdi. Rah.at, sizlarga!

Sharipbayeva Muborak

16:12 / 22.12.2023

Juda adolatli qaror boʻlibdi

Izoh qoldirish