Biz bunga hech qachon jim qarab turolmaymiz – Prezident “koʻcha” va poraxoʻr mansabdorlar haqida gapirdi

Saqlash
14:12 / 22.12.2023 1093 0

Keyingi paytda korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha tezkor tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shavkat Mirziyoyev ushbu mavzuga ham toʻxtalib oʻtdi.

 

“Oʻzini “koʻcha” deb ataydigan jinoiy guruhlar boʻladimi, korrupsiyaga berilgan mansabdor shaxslar boʻladimi, kim qonunga bepisand qarab, davlat va jamiyatga zarar yetkazadigan boʻlsa, biz bunga hech qachon jim qarab turolmaymiz.

 

Koʻchalarimiz, mahallalarimiz, hayotimiz tom maʼnoda tinch va toza, jinoyatdan xoli boʻlishi kerak.

 

Yangi Oʻzbekistonda qonun ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar boʻlishi shart. Va albatta shunday boʻladi”, dedi Prezident.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish