Ilm-fan, taʼlim va tarbiya, maʼnaviyat biz uchun ustuvor masaladir – Shavkat Mirziyoyev

Saqlash
12:12 / 22.12.2023 1207 0

Prezident raisligida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining yigʻilishi boshlandi.

 

“Yurtimizda ushbu kengash raisi Prezident hisoblanadi. Hududlarda esa birinchi rahbarlar bu masala uchun masʼul etib belgilangan. Chunki ilm-fan, taʼlim va tarbiya, maʼnaviyat biz uchun ustuvor masaladir”, – dedi davlat rahbari.

 

Prezident yigʻilganlar eʼtiborini bu yil ijtimoiy sohaga eng koʻp – 134 trillion soʻm mablagʻ ajratilgani, bu 2016-yilga solishtirganda 5,6 barobar ziyodligiga qaratdi.

 

“Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda belgilangan “Oʻzbekiston – ijtimoiy davlat” degan qoidaning amaliy hayotimizdagi tasdigʻini birgina ana shu misolda ham yaqqol koʻrish mumkin. Bu ishlar dastlabki qadamlar boʻlib, kelgusida yanada kengayib boradi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish