Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor Oʻzbekistonda oʻtkaziladi

Saqlash
18:12 / 20.12.2023 1018 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2026-yilda Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor Oʻzbekistonda oʻtkazilishini maʼlum qildi.

 

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, shu munosabat bilan mutasaddilarga “maktab – tuman – viloyat – respublika” bosqichida tanlovlar oʻtkazib, 5–8-sinf oʻquvchilari orasidan eng salohiyatli 100 nafarini tanlab olish topshirildi.

 

IT yaxshi rivojlangan davlatlardan malakali ekspertlar jalb qilingan holda oʻquvchilar boʻlajak xalqaro olimpiadaga chuqur tayyorlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish