Korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi saʼy-harakatlarni ifodalovchi monument ochildi

Saqlash
16:12 / 19.12.2023 1023 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy amaliy tashrif bilan Toshkentga keldi. Xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari kutib oldi.





“Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy ishtirokida xalqaro hamjamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi saʼy-harakatlarini ifodalovchi monumentning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.





Marosim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning nutqi bilan ochildi.





Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2030-yilgacha moʻljallangan milliy strategiyani ishlab chiqib, hayotga tatbiq etamiz, – dedi Prezident.

 


Oyina.uz'ni Telegramda kuzating!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish