Fargʻona viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Saqlash
10:12 / 19.12.2023 1001 0

Qoʻldashev Burhon Xudoyberdiyevich Fargʻona viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.

 

Burhon Qoʻldashev 1988-yilda Namangan viloyati Mingbuloq tumanida tugʻilgan, yurisprudensiya yoʻnalishida oliy maʼlumotli. 2010-yildan tayinlovga qadar harbiy xizmatda ofitserlik va rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan.

 

2019-yildan beri viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari boʻlib ishlab kelgan Jamshed Hatamov Namangan viloyati hokimi oʻrinbosari etib tayinlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish