Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining viloyat va tuman boʻlimlari tugatiladi

Saqlash
16:12 / 18.12.2023 1186 0

Prezident raisligida ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va xizmatlarni rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

 

Yuqorida qayd etilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining hozirgi tizimini qayta koʻrib chiqib, hududlarda ishlab chiqarish, sanoat zonalari va eksport masalalarini Savdo-sanoat palatasiga oʻtkazish zarurligi qayd etildi.

 

Bu orqali loyiha qilish va eksport tizimi davlatdan tadbirkorlar oʻzini oʻzi boshqaradigan tashkilotga oʻtkaziladi. Bu tadbirkorlarning talab va istaklariga quloq solish, ular bilan yaqindan hamkorlik qilib, muammolarini hal qilish maqsadida qilinmoqda.

 

Shuningdek, Investitsiya vazirligining viloyat va tuman boʻlimlari tugatiladi. Hududlarda ushbu vazifalar bilan Savdo-sanoat palatasining loyiha qiladigan va eksportga koʻmaklashadigan mutaxassislari shugʻullanadi.

 

Eksport agentligi va jamgʻarmasi, “Oʻzbekekspertiza” tashkiloti ham Savdo-sanoat palatasi tizimiga oʻtadi.

 

Ishlab chiqarish, eksport va brendlarga beriladigan grant, subsidiya va boshqa imtiyozlar palata orqali egasiga ochiq-oshkora va shaffof beriladigan tizim joriy qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish