Namangan shahriga yangi hokim tayinlandi

Saqlash
15:12 / 18.12.2023 1156 0

Namangan shahriga yangi hokim tayinlandi. Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Namangan viloyati hokimi Gʻofurjon Jamolovni boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Namangan shahar hokimi vazifasidan ozod qilindi. Uning oʻrniga Anvarjon Otaxoʻjayev Namangan shahar hokimi etib tayinlandi.

 

Anvarjon Otaxoʻjayev 1972-yilda Namanganda tugʻilgan. U 2020-yildan shu vaqtgacha Chortoq tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.

 

Shuningdek, viloyat hokimiga oʻrinbosarlar tayinlandi. Gʻofurjon Jamolov Namangan viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga, J.M.Hotamov Namangan viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish