Saida Mirziyoyeva Qozogʻiston prezidenti yordamchisi bilan uchrashdi

Saqlash
09:12 / 12.12.2023 821 0

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qozogʻiston prezidenti yordamchisi bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda Markaziy Osiyo jadidlarining mamlakatlarimiz xalqlarini jipslashtirishdagi oʻrni, ularning ijodi va mintaqamiz taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi haqida fikr almashilgan.

 

“Bugun “Jadidlar: milliy oʻzlik, istiqlol va davlatchilik gʻoyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Qozogʻiston prezidentining ichki siyosat va kommunikatsiyalar boʻyicha yordamchisi Ruslan Jeldibay bilan uchrashuv oʻtkazdik.

 

Markaziy Osiyo jadidlarining mamlakatlarimiz xalqlarini jipslashtirishdagi oʻrni, ularning ijodi va mintaqamiz taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi haqida fikr almashdik. Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni tomonlarni qiziqtirgan barcha yoʻnalishlarda yanada mustahkamlash masalalarini atroflicha muhokama qildik”, — deydi Saida Mirziyoyeva.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish