Oʻzbekistonda Konstitutsiya kuni munosabati bilan 334 nafar mahkum afv etildi

Saqlash
09:12 / 07.12.2023 2098 0

Oʻzbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev qator mahkumlarni afv etish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.

 

Prezident matbuot xizmati xabariga koʻra, farmon bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan 334 nafar shaxs afv etildi.

 

Afv etilgan shaxslarning 34 nafari asosiy jazodan toʻliq ozod etildi, 249 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 6 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 45 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

 

Afv etilganlarning 18 nafarini chet el fuqarolari, 23 nafarini ayol, 15 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar hamda 88 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

 

Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bagʻriga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shugʻullanishlari, sogʻlom turmush tarzini yoʻlga qoʻyib, jamiyatda munosib oʻrin topishlari uchun ularga koʻmak berish boʻyicha masʼul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish