1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar oshiriladi

Saqlash
16:11 / 17.11.2023 1670 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 17-noyabrdagi “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi 196-sonli farmoniga koʻra, joriy yil 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7 foizga oshirilmoqda, yaʼni:

- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 ming soʻm;
- yoshga doir eng kam pensiya miqdori – 725 ming soʻm;
- mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 1 mln 50 ming soʻm etib belgilanmoqda.

Prezidentning farmoni natijasida 4,5 mln kishining pensiyasi va nafaqalari miqdori koʻpayadi va barcha byudjet tashkilotlari xodimlarining oylik maoshlari dekabrdan boshlab 7 foizga oshgan holda hisoblanadi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, bazaviy hisoblash miqdori 1-dekabrdan 3% miqdorda (7% emas!) oʻzgarib, 340 ming soʻm etib belgilanmoqda. Umuman olganda yil davomida ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar jami 14,5% ga oshgan boʻlsa, bazaviy hisoblash miqdori esa bundan kamroq, yaʼni 13% ni tashkil etdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish