Birinchi xonimlar Toshkentda xalqaro forumda qatnashdi

Saqlash
17:11 / 09.11.2023 2212 0

Toshkentda “Bolalar va yoshlar harakatda – Markaziy Osiyoda iqlim oʻzgarishi” xalqaro forumi boʻldi.

Forumda Oʻzbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva, Turkiya Respublikasining birinchi xonimi Emine Erdoʻgʻan, Eron Islom Respublikasi Prezidentining rafiqasi Jamile Aʼlamulxudo, Qirgʻiz Respublikasining birinchi xonimi Aygul Japarova xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari, yosh ekofaollar ishtirok etdi.

 

 

Forum ochilishida “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva yosh ekofaollarga murojaat qildi.

“Forumning bosh ishtirokchilari — sizlar. Bugun bu yerda sizlarning toza, sogʻlom va barqaror muhit uchun kurashdagi yetakchiligingizni eʼtirof etish maqsadida yigʻildik. Qoʻshnilarimiz bilan birgalikda Samarqand ekologik oromgohi yakunlari boʻyicha ishlab chiqilgan Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda yoshlar va bolalarni iqlim kun tartibiga jalb qilish boʻyicha mintaqaviy strategiyaning imzolanishi yangi kelajak sari tashlangan muhim qadam boʻladi”.

 

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish