Yaponiya Imperatori Abdulaziz Komilovni oliy darajadagi orden bilan mukofotladi

Saqlash
16:11 / 08.11.2023 1111 0

Yaponiya Imperatori Naruxito Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat masalalari boʻyicha maxsus vakili Abdulaziz Komilovni “Chiqayotgan quyosh katta kordon” ordeni bilan mukofotladi.

Mukofot Komilovga Imperatorning Tokiodagi qarorgohida tantanali tarzda topshirilgan.

“Chiqayotgan quyosh katta kordon” ordeni — Yaponiyaning eng qadimiy mukofotlaridan biri hisoblanib, Komilovga davlatlarimiz oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni mustahkamlashga qoʻshgan koʻp yillik hissasi uchun berildi.

Ordenni Yaponiya imperatori Naruxito bosh vazir Fumio Kishido ishtirokida topshirdi. Orden Yaponiyadagi eng qadimgi (1875-yildan beri beriladi) va mamlakatning eng oliy mukofoti hisoblanadi.

Tadbirda Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kishida ishtirok etdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish