Oʻzbekistonda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti boʻlib oʻtadi

Saqlash
10:11 / 06.11.2023 1229 0

Toshkent shahrida 8-9-noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) oʻn oltinchi sammiti boʻlib oʻtadi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Tadbirda Ozarboyjon, Eron, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiyaning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Kun tartibiga muvofiq, IHT doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ushbu koʻp tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirish masalalari koʻrib chiqiladi.

Sammit dasturi doirasida Oʻzbekiston yetakchisi qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.

Taʼkidlash joizki, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga 1985-yilda asos solingan, uning doimiy faoliyat yurituvchi kotibiyati Tehron shahrida joylashgan.

Oʻzbekiston Respublikasi 1992-yildan boshlab IHT aʼzosidir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish