Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozogʻistonda boʻladi

Saqlash
10:11 / 02.11.2023 1931 0

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayevning taklifiga binoan 2–3-noyabr kunlari Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ostona shahrida boʻladi.

Sammit kun tartibidan tashkilot doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya, ekologiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda yanada rivojlantirish masalalari oʻrin olgan.

Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashadilar.

Tadbirlar yakunida qator qoʻshma hujjatlar qabul qilinishi koʻzda tutilgan.

Joriy yilda Turkiy davlatlar tashkilotiga Oʻzbekiston raislik qilmoqda. Koʻp qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan 100 dan ortiq muhim tadbir oʻtkazildi.

Tashkilotga Oʻzbekiston, Ozarboyjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Turkiya aʼzo, Vengriya va Turkmaniston tashkilotda kuzatuvchilardir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish