Prezident Administratsiyasida yana bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Saqlash
15:11 / 01.11.2023 1475 0

Prezident Administratsiyasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Gʻayratulla Yoziyev Prezidentning kadrlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Qahraman Sariyev Prezidentning kadrlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Ulugʻbek Muhammadiyev Prezidentning kadrlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari — Prezident Xalq qabulxonasi rahbari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Umar Ismoilov Prezident Xalq qabulxonasi rahbari birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish