Ta’lim yangiliklari: Ikkinchi va undan keyingi mutaxassislikka hujjatlar qabul qilish boshlandi

Saqlash
12:08 / 12.08.2021 1012 0

* ikkinchitalim.edu.uz platformasi orqali ikkinchi va undan keyingi mutaxassislikda o‘qish istagini bildirganlar uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi. Grant asosida ta’lim olganlar ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshira olmaydi.

* O‘zbekistondagi davlat OTMdan boshqa OTMga va bir OTM doirasida o‘qishini ko‘chirish (tiklash) maqsadida transfer.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabalar (fuqarolar)ning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi, deb xabar bermoqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

Ayrim arizalar ma’lum bir sabablarga ko‘ra rad etilgan.

Rad etilgan arizalarning kamchiliklarini bartaraf etgan holda tahrirlashning so‘nggi muddati 2021 yil 13 avgust kuni soat 23:59.

Ushbu muddatdan so‘ng arizalarni tahrirlash imkoni bo‘lmaydi.

Ushbu muddat ichida kamchiliklari bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Ro‘yxatdan o‘tgan barcha talabalar (fuqarolar)dan o‘zlarining shaxsiy kabinetlariga kirib (ro‘yxatdan o‘tishdagi login va parol orqali), arizalarining ko‘rib chiqilish holatini doimiy kuzatib borishlari so‘raladi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish