2022-yilda Yevropada jazirama harorat tufayli 61 mingdan ortiq odam vafot etdi

Saqlash
19:07 / 11.07.2023 1321 0

2022-yil yozida jazirama toʻlqini tufayli 61 mingdan ortiq odam vafot etdi. Bu haqda Nature Medicine jurnaliga tayanib, “Kun” yozmodqa.

Olimlar 30-maydan 4-sentabrgacha boʻlgan davr uchun Yevrostatning har haftalik oʻlim holatlari boʻyicha jins va yoshga koʻra ajratilgan maʼlumotlarini tahlil qildi. Umuman olganda, tadqiqot mualliflarining maʼlumotlariga koʻra, bu davrda Yevropada rekord darajadagi jazirama toʻlqini natijasida 61 672 kishi vafot etgan. Shu bilan birga, Yevropa mamlakatlarida ushbu davr uchun issiqlikdan oʻlimning odatiy darajasi 36 ming kishini tashkil etdi.

Mutlaq maʼnoda, Italiyada issiqlik bilan bogʻliq eng koʻp oʻlim kuzatildi — 18 000, Ispaniyada — 11 300 oʻlim, Germaniyada — 8 173 va Fransiyada 4 — 807. Bir million kishiga issiqlik bilan bogʻliq nisbiy oʻlim Italiya, Gretsiya, Ispaniya va Portugaliyada eng yuqori boʻlgan. Ayollar orasida issiqdan oʻlim darajasi erkaklarnikiga qaraganda 56 foizga yuqori.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish