Toshkent shahrida “narkograffist” qoʻlga olindi

Saqlash
14:05 / 24.05.2023 1272 0

“Hasanboy” mahallasining profilaktika inspektori Tiklanish koʻchasida joylashgan binoning devoriga giyohvandlik vositalarini sotuvchi doʻkonlarni targʻib qiluvchi “narkograffiti”larni chizayotgan nomaʼlum shaxsni aniqlab, qoʻlga oldi.

 

Aniqlanishicha, “narkograffist” 25 yoshli Axtam R. boʻlib chiqdi. Undan xolislar ishtirokida trafaret va boʻyoq qutisi ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.

 

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga yuborildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish