Qozog‘istonda aholining davlat tilida qay darajada so‘zlashayotganini tekshirish bo‘yicha reyd o‘tkazilgani aytilmoqda

Saqlash
09:08 / 12.08.2021 906 0


Mamlakat konstitusiyasiga muvofiq, Qozog‘istonda qozoq tili davlat tili hisoblanadi. Davlat tashkilotlari va mahalliy aholi o‘zini o‘zi boshqarish organlarida rus tili rasman qozoq tili bilan birga ishlatiladi.

Ayrim mahalliy tadbirkorlar davlat tili bo‘yicha reyd o‘tkazilayotgani haqidagi xabarlarga izoh berildi.  Ta’kidlanishicha, ba’zi odamlar do‘konlarda maxsulotlar ustidagi yorliqlar qozoqchaga tarjima qilinganini va sotuvchilar xaridorlar bilan qozoq tilida muloqot qilayotganini tekshirgan.

"RIA Novosti" xabar berishicha, mazkur harakatlar hukumat tomonidan provokasiya sifatida baholangan.

Ushbu masala yuzasidan Qozog‘iston Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro aloqalar bo‘limi direktori Chingiz Tokeyev ria.ru nashriga izoh berdi:

— Til mavzusidagi provokasiyalar o‘rinli emas, davlat tilining rivojlanishi huquqiy usullar bilan amalga oshirilishi kerak. Bizda bunday ro‘yxatdan o‘tgan jamoat birlashmasi borligi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q, ehtimol bu tashabbuskor guruhdir. Hamma qonun oldida teng, lingvistik va milliy mavzuda hech kimga provokasiya qilish o‘rinli emas. O‘z navbatida shuni aytishim mumkinki, agar odamlar tillarning, jumladan, qozoq tilining qo‘llanilishini rivojlantirishga yordam berishni istasa, buni huquqiy usullar bilan, muloqot orqali amalga oshirish kerak, bu yerda tomonlar bir-birini eshitadi, — dedi u.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish