Qozog‘istonda 18 yoshdan yuqori bo‘lgan talabalarni koronavirusga qarshi emlash boshlandi

Saqlash
17:08 / 11.08.2021 815 0

Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi maktab o‘qituvchilarini koronavirusga qarshi emlashni yakunlab, 18 yoshdan yuqori bo‘lgan talabalarni emlash jarayonini boshlamoqda. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Tsoy xabariga asoslanib, tass.ru ma’lum qildi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, o‘qituvchilar va maktab xodimlari 100 foiz emlangandan so‘ng an’anaviy ta’limga o‘tishi mumkin. Tibbiy ko‘rsatmaga ega bo‘lganlar va oxirgi uch oyda kasallikdan tuzalganlar esa bundan mustasno. Shuningdek, Tsoy ta’lim muassasalariga kirishda mamlakatdagi epidemik vaziyat haqidagi ma’lumotlarni kuzatish va tahlil qilish uchun mo‘ljallangan mobil ilovadan foydalanish kerakligini alohida ta’kidlab o‘tgan. O‘z navbatida, respublika bosh vaziri Asqar Mamin yangi o‘quv yilini o‘qitish an’anaviy shaklda, sanitariya-epidemiya qoidalariga rioya qilingan holda boshlanishini aytib o‘tgan.

Avvalroq, Covid-19 dan qanday asoratlar qolishi mumkinligi haqida va koronavirusning yangi — lyambda varianti boshqa mutatsiyalardan farqi xususida xorij manbalarida ma'lum qilingan xabarlar e'lon qilgan edik.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish