Tashqi ishlar vaziri AQSH Elchisi va O‘zbekistondagi USAID missiyasining yangi rahbarini qabul qildi

Saqlash
15:08 / 11.08.2021 909 0

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Manba: Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati

 

Bugun Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Deniyel Rozenblyumni qabul qildi. Suhbat mobaynida ikki mamlakat hamkorligining ayrim jihatlari va bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi. Tomonlar, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar, deyiladi xabarda.

Uchrashuvda AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) O‘zbekistondagi missiyasi rahbari etib tayinlangan Mikela Meridit va AQSH Elchisining yangi o‘rinbosari Pol Polites ishtirok etdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish