FIDEʼning yangilangan reytingida Abdusattorov toʻrtinchi, Sindorov esa 12-oʻrindan joy oldi

Saqlash
11:03 / 02.03.2023 1058 0

Xalqaro shaxmat federatsiyasi fevral oyi yakuni boʻyicha yangilangan reytingni eʼlon qildi.

 

Reytingda AQSH vakili Uesli So 30,80 ochko bilan yetakchilikka erishgan boʻlsa, Niderlandiya vakili Anish Giri 29,03 ochko bilan 2-oʻrindan joy oldi. Levon Aronyan 26,35 ochko jamgʻargan holda kuchli uchlikni yakunladi.

 

Oʻzbekistonlik Nodirbek Abdusattorov erishgan natijalari asosida 22,28 ochko bilan 4-oʻrinni band etdi. Abdusattorovdan keyingi pogʻonalardan Magnus Karlsen, Gukesh, Yan Nepomnyashiy, Aleksandr Donchenko kabi grossmeysterlar joy olishgan.

 

Javohir Sindorov esa yangilangan reytingda 89 nafar kuchlilar orasida 12-qatorda qayd etildi.

 

 

Xalqaro shaxmat federatsiyasi tomonidan joriy etilgan mazkur reyting oʻrinlari 2024-yili oʻtkaziladigan jahon chempionatida qatnashadigan eng kuchli ishtirokchilarni aniqlashni nazarda tutadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish