COVID-19 yaqin kelajakda mavsumiy kasallikka aylanishi mumkin

Saqlash
17:08 / 10.08.2021 823 0


Britaniyalik olim COVID yaqin kelajakda oddiy mavsumiy kasallikka aylanishi mumkinligini prognoz qilmoqda. Sharqiy Angliya universiteti professori Pol Xanter SARS-CoV-2 yaqin 5 yilda koronavirus va uning barcha shtammlari yengil formada o‘tuvchi oddiy shamollashga aylanadi.

Professori Pol Xanter o'z fikrini "Spectator" jurnalidagi maqolasida bayon qilar ekan, SARS-CoV-2 virusi butunlay yo'qolmasligi va boshqa viruslar singari har besh yilda bir marta paydo bo'lishi mumkin. Xanterning so'zlariga ko'ra, vaksinatsiya virus tarqalishini kamaytiradi, garchi infeksiyadan butunlay himoya qila olmasa-da, bemorlarga kasalxonada og'ir ahvolda yotish va o'limdan saqlanish imkonini beradi.

Uning ta'kidlashicha, koronavirus shtammlari mavsumiy xarakterga ega va qishda eng yuqori cho'qqiga chiqadi. Shuning uchun ham bu gripp bilan o'xshash vaziyat bo'ladi deb taxmin qilish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish