Saudiyalik tadbirkor Oʻzbekistonda avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarmoqchi

Saqlash
16:02 / 02.02.2023 1068 0

Oʻzbekiston Bosh konsulligida saudiyalik yirik tadbirkor Muhammad Sindi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi. Qayd etilishicha, uchrashuv davomida Oʻzbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bilan bogʻliq masalalar atroflicha muhokama qilingan.

 

Muhammad Sindi Oʻzbekistonda tibbiyot jihozlari, avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarish va pomidorni qayta ishlash boʻyicha loyihalarga toʻgʻridan-toʻgʻri sarmoya kiritishi mumkinligini maʼlum qildi. “Uchrashuv yakunida ishlarni boshlash maqsadida Oʻzbekistonning tegishli tashkilotlari bilan muloqotni davom ettirishga kelishib olindi”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish