Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi

Saqlash
14:01 / 26.01.2023 1065 0

O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

 

2022-yilning 21-iyul kuni Markaziy bank asosiy stavkani 1 foiz punktga, yillik 15 foiz darajasiga tushirishga qaror qilgandi. Regulyator 27-oktabrdagi va 15-dekabrdagi boshqaruv yig‘ilishida ham asosiy stavkani o‘zgartirishsiz qoldirdi.

 

2021-yilning yanvar, mart, aprel, iyun, sentyabr, oktyabr va dekabr oylarida Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz – yillik 14 foizda saqlab qolgan.

 

2022-yilning 20-yanvarida Markaziy bank ham asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. 17-mart kuni O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani 17 foizga oshirdi. Bundan tashqari, 21-aprelda asosiy stavkani yillik 17 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qilindi.

 

Bundan tashqari, 2022-yilning 9-iyunida Markaziy bank asosiy stavkani 1 foiz punktga, yillik 16 foiz darajagacha pasaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

 

2018-yil boshida asosiy stavka 14 foiz darajasida bo‘lgan bo‘lsa, 2019- yilda u 16 foizgacha ko‘tarildi. 2020-yil aprel oyida stavka 15 foizga tushdi. Pandemiya va og‘ir iqtisodiy vaziyatda ham kurs o‘zgarmadi. 2020-yil oxirida stavka 14 foizga tushirildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish