Uxanda deyarli to'liq aholi Covid-19 ga tekshiruvdan o'tkazildi

Saqlash
16:08 / 10.08.2021 833 0


2019-yil so'nggida koronavirus pandemiyasi boshlangan Xitoyning Uxan shahri ma'muriyati o'tkan hafta mobaynida deyarli butun aholi uchun COVID-19 testini yakunlab, 11.28 milliondan ortiq aholini tibbiy tekshiruvdan o'tkazdi, deb xabar beradi Sinxua axborot agentligi xabariga asoslanib, ria.ru nashri.

Uxan hokimiyati kotibi o'rinbosari Li Taoning ta'kidlashicha, mutaxassislar olti yoshgacha bo'lgan bolalar va yozgi ta'tilga ketgan talabalar bundan mustasno holda shahar aholisini deyarli to'liq qamrab olishga muvaffaq bo'lishgan. Shanba kunigacha Uxanda 37 ta COVID-19 odamdan odamga yuqishining tasdiqlangan holatlari, shuningdek, 41 ta asimptomatik virus tashuvchisi aniqlandi. 

Mahalliy sog'liqni saqlash mutasaddilarining so'zlariga ko'ra, to'qqizta holat yopiq turar joy majmualarida o'tkazilgan ommaviy sinovlar paytida, qolganlari esa virus yuqtirganlar bilan aloqada bo'lgan karantindagi odamlarda qayd etilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish