Oʻzbekistonda soliq tushumlari hajmi 17,2 foizga oshgan

Saqlash
15:12 / 14.12.2022 905 0

Monitoring natijalariga koʻra, joriy yilning 1-yanvaridan 30-noyabrigacha boʻlgan davrda respublika soliq tushumlari hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 17,2 foizga oshgan.

 

Bu koʻrsatkich Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining har oy oʻtkazadigan hududlardagi ishbilarmonlik faolligi tahlilida hisoblab chiqildi.

 

Jumladan, Fargʻona (34,2 foiz), Samarqand (34,0 foiz), Buxoro (32,6 foiz), Jizzax (31,7 foiz), Sirdaryo (29,6 foiz) viloyatlarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasida (31,9 foiz) va Toshkent shahrida (42,7 foiz) soliq tushumlarining sezilarli oʻsishi qayd etildi.

 

Byudjetga soliq tushumlarining oʻsishi barqaror tendensiyani saqlab kelmoqda.

 

Tahlilarga koʻra, joriy yilning 11 oyi davomida soliq tushumlarining oʻsishiga: qoʻshilgan qiymat soligʻi (32,6 foiz) va aylanmada olinadigan soliq (44,4 foiz) katta taʼsir koʻrsatdi. Shuningdek, yil boshidan buyon tashkilotlar tomonidan toʻlangan daromad soligʻi 53,8 foizga koʻpaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish