Noyabrda Toshkentdagi ijara uylari narxlari arzonlashdi

Saqlash
14:12 / 14.12.2022 953 0

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining Oʻzbekistonda koʻchmas mulk bozoridagi talab oʻzgarishlari tahlilida Toshkent shahrida uy-joy ijarasi narxlarining oʻzgarishiga oid maʼlumotlar ham koʻrsatib oʻtildi.

 

Unga koʻra, noyabr oyida poytaxtda ijara narxlarining pasayishi qayd etilgan.


Yaʼni oktyabr oyiga nisbatan noyabr oyida Toshkent shahrida ijaraga beriladigan uy-joy narxi 5,8 foizga arzonlagan. Shu bilan birga, yil boshidan beri poytaxtda oʻrtacha ijara narxi 35 foizdan oshib, 1 kvadrat metr uchun deyarli 10 dollarni tashkil etgan.


Markaz tahlillariga koʻra, 1 kv.m uchun eng yuqori ijara narxi Shayxontohur (13,2 doll.), Mirobod (12,3 doll.) va Yakkasaroy (12,2 doll.) tumanlarida qayd etildi. Nisbatan arzon narxlar Uchtepa (8,1 doll.), Sergeli (7,2 doll.) va Bektemir (6 doll.) tumanlarida qayd etildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish