UzAutoMotors Lacetti va Cobaltʻga shartnoma berishni toʻxtatdi

Saqlash
15:12 / 12.12.2022 1149 0

Joriy yilning 8-dekabridan boshlab UzAutoMotors Lacetti va Cobalt avtmobillariga shartnoma berishni toʻxtatdi.


Uch kundan buyon UzAutosavdo ilovasi va maxsus botda Lacetti va Cobalt kontraktatsiyasi imkonsiz boʻlib qolmoqda, yaʼni mazkur rusumdagi avtomobillarga toʻlov uchun shartnoma berish toʻxtatilgan.


Hozirda shartnoma berilayotgan mashinalar ichida eng arzoni Onix boʻlib qolmoqda. Ushbu avtomobilning narxi 152 million soʻmdan boshlanadi.


Qayd etish kerakki, Lacetti va Cobalt nisbatan hamyonbop mashina hisoblanadi. Oʻzbekistonliklarning aksariyati aynan shu modellarni xarid qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish