O‘zbekiston tarixda ilk bor dzyudo bo'yicha jahon chempionatida birinchi o‘rinni egalladi

Saqlash
09:11 / 01.11.2021 959 0

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonligida davom etayotgan Harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Ulug‘bek Azizov va Tohir Fayziyev murabbiyligidagi dzyudochilarimiz ikki kunlik bahslar yakuniga ko‘ra 4 ta oltin, 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi. Diyora Keldiyorova (-52 kg), Dilshodjon Baratov (-60 kg), Davlat Bobonov (-90 kg) va Muzaffarbek To‘raboyev (-100 kg) jahon chempioniga aylangan bo‘lsa, Shohruhxon Baxtiyorov (+100 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish